Kniha SARF ASOSLARI IKROM ABDULAHAD

SARF ASOSLARI

Jazyk: Uzbečtina
Vazba: Brožovaná
Vydavatel: Ikrom ibn Abdulahad
Dostupnost: Skladem u dodavatele
Odesíláme za 14-21 dnů
411
"Sarf asoslari" arab tiliga "بِنْيَةُ الصَّرْفِ - binyatus sarf" deb tarjima qilinadi."Sarf asoslari...

Informace o knize

Jazyk
Uzbečtina
Vazba
Kniha - Brožovaná
Vydáno
2025
Stránek
178
EAN
9789910819209
ISBN
9910819201
Enbook ID
49658706
Hmotnost
319
Rozměry
170 x 244 x 10

Kompletní popis

"Sarf asoslari" arab tiliga "بِنْيَةُ الصَّرْفِ - binyatus sarf" deb tarjima qilinadi.

"Sarf asoslari" qo'llanmasida sarf fanini o'rgatishda yangi uslubdan foydalanilgan va yangi ma'lumotlar bilan boyitilgan. Kitob to'rt bobdan iborat bo'lib, birinchi bob "sarf faniga kirish" deb nomlanadi. Bu bobda sarf fani haqida tushunchalar, arab tiliga tegishli ba'zi boshlang'ich ma'lumotlar beriladi va ishtiqoq (so'z yasash qoidalari) bilan yakunlanadi.

Ikkinchi bob "fe'llar bobi" dir. Bu bob fe'llar haqida umumiy ma'lumot va ularning qismlari haqida tushuncha berish bilan boshlanadi. Bob ichidagi "fe'llarni tuslash" faslida esa, fe'l boblari emas, moziy, muzore va amr fe'llari sahih va mu'tal kesimida tushuntiriladi. Bu esa, fe'llardagi qoidalarni jamlab tushunishga yordam beradi va kamroq mavzuda ko'p ma'lumotlarni o'zlashtirishga olib keladi.

Uchinchi bob "ismlar bobi"dir. Bu bob ham ismga tegishli umumiy ma'lumotlar bilan boshlanib, ishtiqoq qilingan ism mavzulari birma-bir yoritiladi.

Oxirgi to'rtinchi bobda ism va fe'lga tegishli bo'lgan qo'shimcha sarf qoidalari haqida so'z yuritiladi va oldingi ism va fe'llar bobida keltirilgan qoidalar jamlab yoritilib, kitobga yakun yasaladi.

Bu qo'llanmaning yana bir o'ziga xos jihati shundaki, boshqa sarf kitoblarining yutuq va kamchiliklari inobatga olgan holda yozilgan.

Zákaznicí kteří koupili tuto knihu koupili také